Naşrda ta'kidlanişiça, grin-karta qoidalarida 2018 yildan beri Janubiy Kurilda tuğilganlarning tuğilgan davlati sifatida Yaponiya  körsatilişi haqida talab bor, çunki AQŞ Janubiy Kuril orollarini Yaponiyaning bir qismi deb hisoblaydi.

Diversity Visa dasturida iştirok etişni istovçilarga yöriqnomada Janubiy Kuril orollari - Xabomai, Şikotan, Kunaşir va Iturupda tuğilganlar yaponiyaliklar deb qabul qilinişi körsatilgan. Janubiy Saxalinda tuğilganlar esa rossiyaliklar deb hisoblanadi. Bu holatga Rossiya fuqarolari e'tibor qaratib, şikoyat qila boşlaşgan.

AQŞ grin-kartasi 1990 yildan beri lotereya şaklida öynalib kelinadi. Har yil 55 ming muhojir AQŞga farzandlari bilan köçib ötiş imkonini oladi. Lotereyada har yil AQŞga 50 mingdan köproq vakili keladigan davlatlar fuqarolari iştirok eta olmaydi. Şu sababga köra, rossiyaliklar 2005 yildan 2010 yilgaça uşbu dasturda iştirok eta olmaganlar.  

Yaponiya Janubiy Kuril orollari - Iturup, Kunaşir, Şikotan va Xabomai ustidan Rossiyaning suvereniteti böyiça bahslaşib keladi. Bu ikki davlat örtasidagi tinçlik kelişuvini imzolaşdagi boş tösiq hisoblanadi. Aslida Yaponiyaga tegişli bölgan uşbu orollar Ikkinçi jahon uruşidan keyin Rossiya nazoratiga ötgan: 1945 yil avgust-sentyabrda uşbu orollar Sobiq ittifoq qöşinlari tomonidan egallangan, 1946 yil 2 fevralda rasman Sobiq ittifoq tarkibiga qöşilgan. 2019 yilda Rossiya va Yaponiya bahsli orollarda umumiy xöjalik faoliyatini yuritişga kelişib olgan.