Avvalroq, Abe Nara şahrida nutq sözlayotgan vaqtida hujumga uçragan, unga qarata 2 marta öq uzilgan edi.

Şundan söng uning yuragi töxtab qolgan va zudlik bilan şifoxonaga yotqizildi. Kyodo va NHK xabariga köra, şifokorlar uning hayotini saqlab qoliş uçun kuraş olib borişganiga qaramay, Abening joni uzilgan.

Politsiya suiqasd uyuştirişda gumonlanuvçining qölga olingani haqida xabar berdi. U Nara şahrida yaşovçi 41 yoşli sobiq harbiy bölib çiqdi. Voqea joyida unga tegişli qurol topilgan. Gumonlanuvçi Abening olib borgan siyosatidan norozi ekanini aytgan. 

Sindzo Abe 2006-2007 va 2012-2020 yillarda Yaponiya boş vaziri lavozimida işlagan edi. 2020 yilda Abe soğliği bilan boğliq muammolar tufayli lavozimni tark etiş qarorini e’lon qildi.