Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi o‘z smartfonlari sotuvidan daromad olmayotganini tan oldi
Xiaomi vitse-prezidenti Xyugo Barra Reuters bilan suhbatda nima uchun uning kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab smartfonlar sotuvining pasayishidan (12 foizga) u qadar zarar ko‘rmasligiga izoh berdi.
"Biz smartfonlarni ishlab chiqarishdan foyda ko‘rmaymiz. Bizni ko‘proq uzoq muddatli daromad manbalari qiziqtiradi. Kompaniya 10 milliardlab smartfon sotib, bundan umuman foyda ko‘rmasligi mumkin".
Xyugo Barra, Xiaomi vitse-prezidenti
Barraning so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi o‘zining boshqa turdagi mahsulotlari - dasturiy ta'minot, servislar va "aqlli uy"dan daromad olishga umid qilmoqda.
TechCrunch'da ta'kidlanishicha, Xiaomi kompaniyasining ishga yondashuvi u ko‘pincha qiyoslanadigan Apple'ga emas, Amazon'ga yaqinroq. Xiaomi o‘z qurilmasini minimal narxda sotadi, sotuvdan tushgan pullar faqat ularni ishlab chiqarish va yetkazishni qoplaydi. Amazon bir martagina o‘z telefoni sotuvini yo‘lga qo‘yganda muvaffaqiyatsizlikka duch keldi, Xiaomi qurilmalari esa xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi.
Bugungi kunda smartfonlar sotuvidan daromad ko‘rayotgan yagona kompaniya - Apple. 2016 yilning uchinchi choragida bu sohadagi operatsion daromadning 104 foizi unga to‘g‘ri keldi (raqamlarning 100 foizdan yuqoriligiga sabab - raqiblarning bu borada tanazzulga uchraganligi). Samsung bu bozorda o‘z smartfonlarining 20 foizini sotgan bo‘lsa-da, u umumiy operatsion daromadning atigi 0,9 foiziga ega bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
11:57 / 04.05.2026
O‘zbekistonliklarning quyosh elektr energiyasini sotishdan olgan daromadi 9 barobarga oshdi
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026