Jahon | 11:38 / 27.11.2016
3487
2 daqiqa o‘qiladi

Gruziya parlamenti bosh vazir nomzodini tasdiqladi  

Gruziya parlamenti deputatlari Georgiy Kvirikashvilini bosh vazir lavozimiga va Gruziya yangi hukumatining tarkibini tasdiqlashdi.

Bosh vazir va yangi hukumatga 110 deputat ishonch bildirdi, 19 nafari qarshi chiqdi. 

Parlament raisi Irakliy Kobaxidze ovoz berishdan keyin Georgiy Kvirikashvili va yangi hukumat tarkibiga ishonch bildirish haqidagi qarorni imzolagan. Spiker ushbu qaror "bugunoq Gruziya prezidenti Georgiya Margvelashviliga yuborilishini" aytgan. 

Mavjud qoidalarga ko‘ra, Gruziya prezidenti ushbu qarorni ikki kun ichida imzolashi kerak.

18 noyabrda ishini boshlagan mamlakatning yangi parlamentida konstitutsion ko‘pchilik "Gruziya orzusi" partiyasiga tegishli (150 o‘rindan  115 tasi). Ushbu partiya 18 noyabrda 2015 yil 29 dekabrdan Gruziya bosh vaziri lavozimini egallab kelgan Kvirikashviliga yana hukumatga boshchilik qilishni taklif qilgan.

Gruziya konstitutsiyasiga muvofiq, 2013 yildan bosh vazir ijrochi hokimiyatning rahbari hisoblanadi. Prezident rasman davlat rahbari bo‘lib qolsa-da, biroq uning vakolatlari kuchli darajada cheklangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid