Sport | 16:41 / 27.11.2016
14844
2 daqiqa o‘qiladi

Makgregor UFC’ning yarim yengil vazn toifasidagi chempionlikdan mahrum qilindi

UFC (Mutlaq jangchilar chempionati) rasmiy sayti ma'lum qildiki, irlandiyalik Konor Makgregor yengil vazn toifasida Joze Aldoni yengish orqali qo‘lga kiritgan kamaridan Eddi Alvaresga qarshi yengil vazn toifasidagi chempionlik uchun o‘tkazgan jangi tufayli mahrum bo‘lgan.

Endilikda braziliyalik Joze Aldo yengil vazn toifasida yangi chempion sanaladi. Unga da'vogar bo‘lish uchun Maks Xollouey va Entoni Pettis o‘rtasida UFC 206 turniri doirasida jang kechadi. Bu qarama-qarshilik g‘olibi Aldo bilan 2017 yilda uchrashadi.

Konor Makgregor 13 noyabr kuni Alvaresni yengib, bir vaqtning o‘zida ikki vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan birinchi jangchiga aylangandi.

Makgregor o‘z faoliyatini 2008 yili boshlagan. O‘tgan vaqt davomida u 23 jang o‘tkazib, 20 g‘alaba (17 nokaut) va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. U ilk UFC chempionligini 2015 yilda qo‘lga kiritgan.

U Neyt Diasga qarshi shu yilning 20 avgustida o‘tkazilgan jang uchun tashkilot tarixidagi rekord darajada gonorar oldi - 3 mln dollar.

Mavzuga oid