Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida sovuq tushib, qor yog‘di
Shu kunlarda Saudiya Arabistoni yarim orolining markaziy va shimoliy qismida harorat keskin sovidi. "Al-Arabiya" telekanali xabar berishicha, ayni vaqtda sariq barxanlar oqargan - bu yerlarga qor yog‘di.
Mamlakatning markaziy qismidagi cho‘llar orasidagi Shakra va shimoli-g‘arbdagi Tabuk shaharlariga ayniqsa ko‘p qor yoqqan. Tabarjal (El-Jauf viloyati) shahrida esa harorat Tselsiy shkalasi bo‘yicha 3 daraja sovuq, Iordaniya bilan chegara hududda joylashgan El-Kuryat shahrida esa harorat Tselsiy shkalasi bo‘yicha -1.
Hozirda qirollikning ko‘plab tumanlarida yomg‘irlar mavsumi davom etmoqda. Saudiya Arabistoni sharqida kuchli shamollar bo‘lmoqda. Dammam, Daxran, Xobar va Katif shaharlari hukumatlari kuchli tabiiy ofatlarga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
11:10 / 16.04.2026