Ma’lum qilinişiça, soat 09:45 dan boşlab dengiz sathidan 2400 metr balandlikda joylaşgan hududda örtaça qor yoğgan. Qor qalinligi 2 santimetrni taşkil etgan.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, baland toğli hududlarda bahor oylarida ham qisqa muddatli qor yoğişi tabiiy holat hisoblanadi. Suffa kabi balandlikda joylaşgan joylarda havo harorati keskin pasayişi natijasida bunday holatlar kuzatilişi mumkin.

Qayd etilişiça, uşbu ob-havo holati oqibatida heç qanday talafotlar yoki favqulodda vaziyatlar kuzatilmagan.

Ma’lumot uçun, hodisa sodir bölgan nuqtaning geografik koordinatalari 39°37ʼ36.4 şimoliy kenglik va 68°28ʼ19.5 şarqiy uzunlik sifatida qayd etilgan.

Özgidromet aholidan ob-havo şaroitidagi özgarişlarga e’tiborli bölişni va rasmiy ma’lumotlarga tayanişni sörab qolgan.