Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlari yanada takomillashtiriladi
O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlarini yanada takomillashtirish borasida navbatdagi qadam tashlandi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 21 noyabrda Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukusdagi filiallarini qayta tashkil etishga doir qaror qabul qildi. Qaror matni Lex.uz saytida e'lon qilingan.
Ular o‘rniga Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari, shuningdek, Toshkent pediatriya institutining Nukus filialida stomatologiya fakultetlari ochiladi.
Qarorda ta'kidlanishicha, hujjat stomatologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, stomatolog-mutaxassislarni nazariy tayyorlash sifatini oshirish hamda ularning amaliy ko‘nikmalarini yuqori bosqichga ko‘tarish maqsadida qabul qilingan.
Endilikda, to‘rtta filialda tahsil olayotgan talabalar ta'lim shakli saqlangan holda yangi fakultetlarda o‘qishni davom ettirishadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat stomatologiya instituti 2014 yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasi stomatologiya fakulteti negizida tashkil etilgan edi.
Mavzuga oid
20:49 / 07.05.2025
Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ta’limni rasvo deb atadi. Vazirlik rad etdi
20:07 / 13.03.2024
Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
13:25 / 08.04.2023
Toshkent davlat stomatologiya institutida «Tibbiyot va innovatsiya» xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi
19:17 / 07.04.2023