Texnologiya | 10:41 / 29.11.2016
4399
1 daqiqa o‘qiladi

Botiq displeyli iPhone Apple'ning 10 yilligiga taqdim etiladi

Foto: © RIA Novosti

Apple kompaniyasi o‘zining botiq displeyli smartfonini kelgusi yilda ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqida Wall Street Journal xabar berdi

Apple'ga uskuna yetkazib beruvchilar ularga yupqaroq LED-displeylar ishlab chiqarishni oshirishga so‘rov kelib tushgani haqida ma'lum qilishgan. 

Keyingi yilda iPhone o‘zining 10 yillik yubileyini nishonlaydi. Apple smartfonlari sotuvlari kamaygan bir paytda insayderlar bu - egiluvchan OLED-ekranli yangi modelni namoyish qilish va foydalanuvchilarni qiziqtirishning ayni vaqti deb hisoblashmoqda. Kompaniyaning o‘zi bu ma'lumotni izohlashdan bosh tortdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid