Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda rekord darajada maochi jangarilar hukumatga taslim bo‘ldi
Hindiston hukumatiga 564 nafar maochi jangari taslim bo‘ldi. Ular so‘nggi 28 kun mobaynida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar natijasida o‘z ixtiyorlari bilan taslim bo‘lgani bir oydagi eng yuqori natija sifatida qayd etilgan, deb yozmoqda Times of India nashri.
Hindistonda naksalitlar deb ataluvchi maochi jangarilar mamlakatning qator shtatlari — Bixar, Chxattisgarx, Jarkxand, Orissa va boshqa hududlarda faoliyat yuritadi. Jangarilar changalzorlarda yashirinib, partizanlik urushini olib boradi hamda hokimiyat vakillariga hujum qilish uchun aholi punktlariga xuruj qilib turishadi.
Nashrning yozishicha, umuman 2011-2016 yillar mobaynida 3766 nafar maochi hukumatga taslim bo‘lgan, ulardan 1399 nafari shu yil qurolini tashlagan. Jangarilikdan voz kechganlarning 70 foizga yaqini Orissa shtatida faoliyat yuritgan.
Politsiya markaziy zaxira kuchlariga ko‘ra, maochilarning bunday keskin qaroriga hukumatning joylarda olib borayotgan islohoti, jumladan yaqinda o‘tkazilgan valyuta islohoti sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026