Jahon | 15:38 / 29.11.2016
5404
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyadagi aviahalokatdan 5 kishi omon qoldi, ulardan 3 nafari futbolchilar

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Braziliyaning "Shapekoense" klubi futbolchilari ham bo‘lgan samolyot Kolumbiyada qulab tushishi oqibatida 76 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi omon qolgan. Bu haqda jurnalist Andres Felipe Arkos o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

Bundan oldingi xabarlarda 3 futbolchi, bir jurnalist, massajchi va styuardessa omon qolgani aytilgandi.

Qutqaruvchilar darvozabon Danilo Padile, yarimhimoyachilar Jyekson Follmann va Alan Rushelni saqlab qolishgan. Jamoaning 27 futbolchisi samolyotga chiqqan, 9 futbolchi Braziliyada qolgandi.

"Shapekoense" futbolchilari Janubiy Amerika Kubogi finalining birinchi uchrashuvida "Atletiko Nasonal"ga qarshi o‘yinni o‘tkazish uchun Kolumbiyaga parvoz qilgandi. Samolyot bortida 72 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi bor edi. Ushbu fojia tufayli final o‘yini noma'lum muddatga qoldirildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid