Jahon | 12:34 / 29.11.2016
10556
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyadagi fojia bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Kolumbiyada qulab tushgan samolyot bortida jami 81 kishi bo‘lgan va ulardan 6 nafari halokatdan keyin omon qolgan. Bu haqda Frans Press agentligi rasmiy manbaga asoslanib xabar tarqatdi.

Bundan avvalgi xabarlarda, bortida Braziliyaning "Shapekoense" klubi futbolchilari ham bo‘lgan samolyot halokatidan 10 kishi omon qolgani aytilgandi. Samolyot Antiokiya viloyatidagi La-Unon tumanida qulagan.

Rionegro shahridagi Medelin Kordova aeroportidagi manba ma'lumotiga ko‘ra, "hodisa joyiga barcha zarur yordamlar yuborilgan, hozircha 6 kishi tirikligi ma'lum".

Univision telekanali ma'lumotiga ko‘ra, bortda 72 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi bo‘lgan. Futbolchilar Kolumbiyaning Medelin shahriga Kopa Sudamerikana turnirining birinchi finalida ishtirok etish uchun yo‘l olgandi.

Dastlabki ma'lumotlarda samolyotda 27 futbolchi bo‘lgani aytilgandi. Shuningdek, samolyotga kamida 15 nafar jurnalist chiqqandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid