Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sidneyda kuchli portlash ro‘y berdi
Foto: Twitter/2GBNews
Sidneyda ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 16 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Avstraliya televideniyesi.
Besh kishi kuyish jarohatlarini olib, yaqin oradagi kasalxonaga yetkazildi. Ularning orasida kichik yoshdagi bola borligi ma'lum bo‘ldi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash shaharning kishilar bilan to‘lib-toshgan tumanlaridan biridagi fudkort hududida ro‘y bergan.
Hukumat voqea sabablarini o‘rganishga kirishdi. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, portlash maishiy gazning sizib chiqib ketishi sabab sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:52 / 26.12.2025
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
22:28 / 25.12.2025
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi
14:25 / 24.12.2025
Moskvada portlash oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
20:33 / 22.12.2025