Light | 23:18 / 30.11.2016
7516
1 daqiqa o‘qiladi

Bepul Wi-Fi bilan ta'minlovchi aviakompaniyalar nomi ma'lum qilindi

Foto: Lucas Jackson / Reuters

Kayak.ru sayyohlik qidiruv xizmati ekspertlari o‘z laynerlari bortida bepul simsiz internetga ulanish xizmatini taqdim etuvchi aviakompaniyalar nomini e'lon qildi. Bu haqida 30 noyabr kuni kompaniyaning matbuot-relizida ma'lum qilingan. 

Ro‘yxatga muayyan sharoitlarda mazkur servisni taklif qiladigan 3 tashuvchi kiritilgan. Masalan, Emirates samolyotlari bortida yo‘lovchilar 10 megabayt bepul trafikka umid qilishlari mumkin. 

Turkish Airlines biznes-salonlarida uchuvchi sayyohlar ham internetga bepul kirish imkoniga ega bo‘lishadi.  EuroBonus mijozlarni rag‘batlantirish dasturi ishtirokchilari Scandinavian Airlines System (SAS)'da bepul Wi-Fi'dan foydalanish huquqiga egalar. Bundan tashqari, Norvegiyaning Norwegian Air Shuttle kompaniyasi Yevropa reyslarining ko‘pchiligida bepul internet taqdim etadi. 

Kayak.ru ma'lumotlariga ko‘ra, eng arzon internet Thai Airways International va «Aeroflot» tomonidan taklif qilinadi. 

 

Mavzuga oid