Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy aviakompaniyalar soni 15 taga yetkaziladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida havo transporti sohasini rivojlantirish, raqobat muhitini kengaytirish va xizmatlar qamrovini oshirishga qaratilgan qator maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.
Loyihada belgilanishicha, mamlakatda xususiy aviakompaniyalar sonini 15 taga yetkazish rejalashtirilgan. Bu tashabbus havo qatnovlari bozorida raqobatni kuchaytirish, yo‘lovchilar uchun xizmat sifati va tanlov imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, aviatsiya yo‘nalishida umumiy aviaqatnovlar sonini 200 mingtaga, jumladan respublika hududlari o‘rtasida 41 mingtaga yetkazish, Toshkent shahri bilan bog‘lanmagan hududiy aviaqatnovlarni 1 560 taga chiqarish maqsad qilingan.
Bundan tashqari, respublikaning 5 ta yirik aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish, aviaparkdagi havo kemalari sonini 180 taga yetkazish hamda havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish ham rejalar qatorida keltirilgan.
Loyihada ko‘zda tutilgan maqsadlar aviatsiya sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va qatnovlar ko‘lamini kengaytirish orqali xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Mavzuga oid
23:40 / 08.04.2025
Rossiya aviakompaniyalariga chet el samolyotlarini ekipaji bilan birga ijaraga olishga ruxsat berildi
00:40 / 03.01.2025
Moldovada Rossiya aviakompaniyalari parvozlarini taqiqlash taklif etildi
21:00 / 21.02.2020
Dunyo aviakompaniyalari koronavirus sababli 30 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin
19:50 / 10.11.2019