Jahon | 19:50 / 30.11.2016
5652
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya shahzodasi ayollarni avtomashina boshqarishlariga ruxsat berishlarini so‘radi

Foto: vladtime.ru

Saudiyalik milliarder, mamlakatning hozirgi shohining jiyani, shahzoda al-Valid ibn Talal Al Saud mamlakatda mavjud bo‘lgan ayollarning avtomashina boshqarishlarini taqiqlovchi qonunni zudlik bilan bekor qilishlarini so‘radi. U bu haqda Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida aytib o‘tgan.

"Muhokamalarni bas qiling: ayollarni rulga o‘tiradigan vaqt keldi", — deb yozadi al Talal. U mamlakat siyosiy olamida hech qanday o‘ringa ega bo‘lmasada, ammo muvaffaqiyatli biznesmen hisoblanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday taqiqlar ana'naviy jamiyatga bo‘lgan munosabat natijasidir.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid