Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston o‘z qochqinlarini ortga qabul qilmayapti
Foto: © RIA
Afg‘oniston parlamenti 30 noyabrda Shvetsiyada yashash uchun ruxsat olmagan o‘z fuqarolarining Shvetsiyadan deportatsiya qilinishi bo‘yicha kelishuvni ko‘pchilik ovoz bilan rad etdi, deb xabar bermoqda Middle East Press.
Avvalroq hujjat Shvetsiyaning qochqinlar ishlari bo‘yicha vazirligi va Shvetsiya hukumati tomonidan imzolangandi.
Afg‘onistonning xalqaro ishlari bo‘yicha parlament qo‘mitasi a'zosi Abdul Qayum Sajadiy bu kelishuv Afg‘onistonning milliy manfaatlariga zidligini aytdi, chunki qochqinlarning Shvetsiyadan jo‘natib yuborilishi ularning yashash uchun ruxsat taqdim qilingan qarindoshlaridan ayiradi.
Shvetsiyaning migratsiya va adliya ishlari bo‘yicha vaziri Morgan Yuxansson Afg‘onistonning bu harakatlari oqibatlari haqida xulosa chiqarishga ertaligini, Stokgolm bu masalani Afg‘oniston hukumati bilan muhokama qilish imkoniyatini izlayotganini aytdi.
Avvalroq tilshunos olim Mikael Parkvall Shvetsiyada arab tili tarqalganlik bo‘yicha ikkinchi tilga aylanayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026