Sport | 09:38 / 01.12.2016
13475
1 daqiqa o‘qiladi

Darvozabon qaychi uslubida to‘p kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (Video)

JAR chempionatining “Baroka” va “Orlando Payrets” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda futbol olamidagi o‘ta noyob voqea ro‘y berdi.

Tribuna.uz yozishicha, “Orlando Payrets” jamoasi 1:0 hisobida oldinda borayotgan bir vaqtda, uchrashuv yakuniga yetib qolganini payqagan mezbonlar darvozaboni burchak tomonga yo‘l oldi. To‘p uzatilgach, mehmonlar golkiperi musht bilan uni qaytardi, biroq Masuluke Oskarine juda chaqqonlik bilan harakat qildi hamda qaychi uslubida darvozani ishg‘ol etdi. Natijada uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.

Darvozabon ijrosidagi ajoyib gol videosini quyida tomosha qilish mumkin.

Mavzuga oid