Angliyalik maşhur darvozabon Gordon Benks 81 yoşida vafot etdi, deb xabar beradi BBC. U uç yil davomida saratonga qarşi kuraşgan edi.

Qayd qiliş joizki, Benks IFFHS talqiniga köra, XX asrning eng yaxşi darvozabonlari reytingida rossiyalik Lev Yaşindan keyin 2-örinni egallagan edi. Bundan taşqari, JÇ-1970 musobaqasida Pele zarbasidan söng amalga oşirgan seyvi ötgan asrda eng yaxşi deb topildi.

Benks 1958-78 yillarda töp tepgan. U faoliyatida «Çesterfild», «Lester», «Stok Siti», «Klivlend Stokers», «Xellenik», «Fort-Loderdeyl Straykers» va «Sent-Patriks Atletik» klublarida öynagan. Angliya terma jamoasi safida 73ta öyinda maydonga tuşib, 57ta gol urgan. 1966 yilda jahon çempioni bölgan.