JAR çempionatining “Baroka” va “Orlando Payrets” jamoalari örtasidagi uçraşuvda futbol olamidagi öta noyob voqea röy berdi.
Tribuna.uz yozişiça, “Orlando Payrets” jamoasi 1:0 hisobida oldinda borayotgan bir vaqtda, uçraşuv yakuniga yetib qolganini payqagan mezbonlar darvozaboni burçak tomonga yöl oldi. Töp uzatilgaç, mehmonlar golkiperi muşt bilan uni qaytardi, biroq Masuluke Oskarine juda çaqqonlik bilan harakat qildi hamda qayçi uslubida darvozani işğol etdi. Natijada uçraşuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.
Darvozabon ijrosidagi ajoyib gol videosini quyida tomoşa qiliş mumkin.












