Futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon ma'lum qilindi

Fransiyaning France Football nashri Lev Yashinni futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon deb tan oldi.
Nashr tarixdagi eng yaxshi 10 darvozabondan iborat ro‘yxatni e'lon qildi. Ro‘yxatga Moskvaning “Dinamo” klubi va sobiq ittifoq terma jamoasi darvozabonidan tashqari, Gordon Benks (Angliya), Dino Dzoff (Italiya), Janluiji Buffon (Italiya), Manuel Noyyer (Germaniya), Peter Shmeyxel (Daniya), Zepp Mayyer (Germaniya), Iker Kasilyas (Ispaniya), Edvin van der Sar (Niderlandiya) va Piter Shilton (Angliya) kiritilgan.
Ro‘yxatga kiritilgan darvozabonlardan 3 nafari: Janluiji Buffon, Manuel Noyyer va Iker Kasilyas hali ham faoliyatini davom ettirmoqda.
Ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Lev Yashin (SSSR)
2. Gordon Benks (Angliya)
3. Dino Dzoff (Italiya)
4. Janluiji Buffon (“PSJ”, Italiya)
5. Manuel Noyyer (“Bavariya”, Germaniya)
6. Peter Shmeyxel (Daniya)
7. Zepp Mayyer (Germaniya)
8. Iker Kasilyas (“Portu”, Ispaniya)
9. Edvin van der Sar (Niderlandiya)
10. Piter Shilton (Angliya)
Lev Yashin (1929-1990) FIFA talqini bo‘yicha XX asrning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi. U 1950 yildan 1971 yilgacha “Dinamo” klubi safida to‘p surgan, 5 marta sobiq ittifoq chempionatini yutgan. Terma jamoa safida 74 ta o‘yin o‘tkazib, 1956 yilgi Olimpiada chempioni, 1960 yilgi Yevropa chempioni bo‘lgan. Yashin 1958, 1962, 1966 yillardagi jahon chempionati final bosqichida ishtirok etgan. 1963 yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Yashin futboldagi eng nufuzli ushbu mukofotni olgan tarixdagi yagona darvozabon hisoblanadi.
O‘z darvozalarini 100 va undan ko‘proq o‘yinda daxlsiz qoldirgan darvozabonlar kiradigan ramziy klub Yashin nomi bilan ataladi. Aynan Yashin sobiq ittifoq chempionatlarida birinchi bo‘lib 100 ta “quruq” o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

15:15 / 27.02.2019
Yevropaning top-10 chempionatlarida bu mavsum eng kam gol o‘tkazib yuborayotgan darvozabonlar ma'lum qilindi

18:53 / 12.02.2019
Dunyoning eng zo‘r darvozabonlaridan biri vafot etdi

23:35 / 30.11.2018
Yevropaning top-5 ligalaridagi eng yomon darvozabon ma'lum bo‘ldi

07:36 / 11.10.2018