Jamiyat | 19:18 / 01.12.2016
5290
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrozonada ishsizlik darajasi yetti yil avvalgi ko‘rsatkichga qaytdi

Foto: Guardian.ng

Yevrohududdagi ishsizlik darajasi joriy yilning oktabrida 9,8 foizga tushdi. Sentyabrda esa bu ko‘rsatkich 9,9 foiz edi, deb xabar qilmoqda Eurostat.

Ma'lum bo‘lishicha, 2015 yilning oktabrida yevrozonadagi ishsizlik 10,6 foizni tashkil qilgan.

Yevropa ittifoqida ishsizlik darajasi oktabrda 8,3 foizga pasaydi. Sentyabrda esa u 8,4 foiz ga teng edi.

Ta'kidlanishicha, ishsizlikning eng kam darajasi Chexiya (3,8 foiz) va Germaniya (4,1 foiz)da, eng ko‘p esa – Gretsiya (23,4 foiz) hamda Ispaniya (19,2 foiz)da kuzatilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid