Jamiyat | 20:12 / 02.12.2016
10936
1 daqiqa o‘qiladi

Qiz o‘z-o‘ziga tahdid qilgani uchun qamoq jazosiga tortildi

Las-Vegasda yashovchi 25 yoshli Stefani Rene Louson o‘z yigitini yomonotliq qilish uchun feysbukda soxta akkauntlar ochgan. Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, qiz bu qilmishi uchun bir yillik qamoq jazosi oldi.

Qiz o‘zining sobiq yigiti bilan ayriliqdan keyin feysbukda uning nomidan soxta akkaunt ochib, undan o‘ziga tahdidlar yuborgan. Politsiya yigitni hibsga olgan, biroq qiz ko‘rsatmalarida chalkashliklarga yo‘l qo‘yayotganini payqab qolgan.

Oxir-oqibat qiz yigitiga tuhmat qilganini tan olgan va tegishli jazoga tortilgan. Yigitga qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid