Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyadagi aviahalokatning yangi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi
Kolumbiya fuqaro aviatsiyasi xavfsizlik xizmati rahbari Freddi Bonilyaning ma'lum qilishicha, Boliviyaning Lamia aviakompaniyasiga tegishli halokatga uchragan samolyot boshqa shahardan parvoz qilishi kerak bo‘lgan.
Avvalroq, Kolumbiya hukumati samolyotning qulashiga uning yoqilg‘isi tugab qolgani sabab bo‘lganini aytgan edi.
"Kompaniyaning Kolumbiyadagi vakili parvoz uchun ruxsat so‘raganida, havo layneri Kobixa shahridan uchishini qayd etgan", — deya Bonilyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Deber portali.
Shunga qaramay, samolyot Kobixadan birmuncha uzoqroqda joylashgan Santa-Krus shahridan havoga ko‘tarilgan.
Bonilyaning so‘zlariga ko‘ra, aslida ushbu parvoz belgilangan tartibda muvofiqlashtirilmagan.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
10:55 / 04.02.2026
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
20:46 / 08.01.2026