Fan-texnika | 20:06 / 02.12.2016
15924
2 daqiqa o‘qiladi

"Mersedes" antiqa faralar yaratdi

Foto: motor.ru

Mercedes-Benz kompaniyasi "raqamli" asosiy yorug‘lik faralarini yaratdi. Bu faralar yo‘lga biror simvolni proyeksiyalashi mumkin va yo‘lda o‘zgarayotgan vaziyatlarga tezroq javob bera oladi. Kompaniyaning va'da berishicha, "Digital Light" deb nomlangan bu tizim yaqin orada seriyali ishlab chiqariluvchi avtomobillarda paydo bo‘ladi.     

Asosiy yorug‘lik faralarining har biriga milliontadan mikrooynalar joylashtirilgan bo‘lib, buning evaziga nur ko‘plab mitti "piksellar"ga bo‘linadi. Ularni kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan elektron blok boshqaradi. 

Kompyuter real vaqtda avtomobilning turli datchiklaridan kelayotgan axborotni tahlil qilib, ularni faralarni boshqaruvchi blokka aniq vaziyatga rostlanishi uchun yuboradi. Faralar millionlab piksellardan har birining yorqinligini alohida sozlashi mumkin.

Yangi optika an'anaviy faralarga ega bo‘lgan imkoniyatlardan tashqari, yo‘lga turli simvollarni proyeksiyalashi mumkin. Misol uchun, keyingi burilishgacha masofani ko‘rsatishi, kamera tomonidan o‘qilgan yo‘l belgisini akslantirishi, yo‘ldagi xavfdan ogohlantirishi va yo‘l chetidagi piyodalarni ko‘zini qamashtirmay, ularga yorug‘lik tushirishi mumkin.  

Bu tizimga ega prototiplar ommaga turli maxsus tadbirlarda taqdim qilingan. Bunday texnologiyaga ega mashinalar seriyali tarzda qachon ishlab chiqarilishi hozircha aytilmagan.

Mavzuga oid