Toşkent şahar Yaşnobod tumani, KHAY köçasida 2024 yil 30 oktyabr kuni soat 12:45 larda yöl-transport hodisasi qayd etildi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, 1986 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi Mercedes-Benz avtomobili 1971 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi tez tibbiy yordam avtomobili bilan töqnaşgan.

Hodisa natijasida ikki nafar fuqaroga tibbiyot xodimlari tomonidan voqea joyida birinçi yordam körsatildi.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Qöşimça ma’lumotlar tekşiruv yakunlariga köra e’lon qilinadi.