Agar avtosanoat tarixiga qaralsa, ilk yuk avtomobillari yengil avtomobillar bilan bir xil paytda tayyorlana boşlanganini köriş mumkin.

Jumladan, 1896 yilda Gottlib Daymler birinçi yuk taşuvçi transportni yasab çiqadi. U dvigatel bilan jihozlangan tirkama körinişida bölgan. Keyinçalik yengil yuk avtomobillari tayyorlana boşlanadi.

Dunyodagi birinçi oğir yuk avtomobili 1923 yilda Karl Bensning korxonasida tayyorlangan. U dizelda harakatlangan.

Öşa paytlarda dunyo böylab yuklar asosan temiryöl va orqali va kemalarda taşilgan. Keyinçalik, ikkinçi jahon uruşi arafasida yuk avtomobillari birmunça köpaydi va turli mamlakatlarda yuklarning bir qismi ularda taşila boşlandi.

Yuk avtomobillarining mukammallaşişi va ularda yuk taşişning ortişi Ikkinçi jahon uruşidan keyin boşlanadi. Talab ortgaç turli kompaniyalar özlari işlab çiqarayotgan yuk avtomobillarini mukammallaştira boşlaşadi.

Masalan, dvigatellar kabina ostiga joylaştiriladi. Bunda haydovçiga şovqin kamroq eşitiladigan böladi. Dvigatellar quvvati oşiriladi va natijada yuk avtomobillari köproq yuk kötariş imkoniyatiga ega bölişadi.

Şuningdek, 1970-80 yillarga kelib kabinada haydovçi uçun qulayliklar qilinadi. Ixçam sovitkiç, muzlatkiç örnatiladi. Yotoqxona qöşiladi.

Şunga yaraşa dunyo iqtisodiyoti keskin rivojlanadi va natijada yuk avtomobillarida taşuvlar hajmi ortib boradi.

Hatto dunyoda juda köp yuk orta oladigan super tankerlar va boşqa yirik kemalar qurila boşlaganda ham yuklarni yuk avtomobillarida taşiş hajmi pasaymaydi.

Ma’lumotlarga köra, sönggi 10-15 yilda dunyo böylab barça yuklarning 40 foizi yuk avtomobillari orqali taşilmoqda.

Jumladan, 2022 va 2023 yillarda dunyo böylab yuklarning 41 foizi yuk avtomobillarida, 32 foizi kemalarda, 23 foizi temiryöllar orqali, 4 foizi havo transporti orqali taşilgan. Prognozlarga köra, keyingi 5-6 yilda ham bu körsatkiçlar özgarmaydi.

Yuk avtomobillarida yuk taşiş hajmi mö’tadil turar ekan, ularni işlab çiqariş ham ortib bormoqda. Bugun bu sohada dunyo böylab yuzga yaqin brendlar örtasida keskin raqobat ketmoqda.

Quyida dunyodagi yuk avtomobillari işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalar haqida ma’lumot beramiz.