Fan-texnika | 17:27 / 02.12.2016
5439
1 daqiqa o‘qiladi

Motorola «aqlli» soatlar ishlab chiqishni noma'lum muddatgacha bekor qildi

Moto savdo belgisiga egalik qiluvchi Lenovo kompaniyasi vakillarining bayonotiga ko‘ra, yaqin orada Moto 360 «aqlli» soatlari ishlab chiqarilmaydi. 

Garchi Moto 360 shu turdagi boshqa Android soatlardan o‘z dizayniga ko‘ra farqlansa-da, Lenovo 2017 yilda Android Wear 2.0 dasturi chiqmaguncha, bu mahsulotlarni ishlab chiqarishni to‘xtatib turishga qaror qilgan. 

Moto mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘limi rahbari Shakil Barkatning aytishicha, kompaniya yangi soatlar ishlab chiqarish uchun bozorda katta talab borligini his qilayotgani yo‘q. 

The Verge nashrining yozishicha, 2016 yilda «aqlli» soatlar bozoridagi talab sezilarli pasaygan, shu boisdan ko‘plab ishlab chiqaruvchilar qurilmalarini yangilashni to‘xtatishgan. 

Mavzuga oid