Xususan, Reddit foydalanuvçilari kasallikka çalinişidan 3 kun oldin soati soğliğidagi özgarişlar haqida ogohlantiriş berganini yozdi.

Bunday funksiya Vitals (“Asosiy körsatkiçlar”) dasturi yordamida işlaydi. Uşbu yangi dastur 2024 yil sentabr oyida watchOS 11 tizimi bilan birga Apple Watch Series 8 va undan keyingi rusumli soatlarda paydo böldi. Dastur uyqu vaqtida işlab, soğliq haqidagi ma’lumotlarni töplaydi. “Asosiy körsatkiçlar” uyquning miqdori va sifati, yurak urişi, nafas oliş tezligi, bilak harorati, qondagi kislorod miqdori va boşqa körsatkiçlarni hisobga oladi. Şu tariqa foydalanuvçi özining umumiy holati va kayfiyatini kuzatiş imkoniyatiga ega böladi. Dasturda ölçovlar me’yor doirasida bölsa, kök rang, noodatiy bölsa, puşti rang bilan belgilanadi.

“Vitals funksiyasi beta-versiyada paydo bölişi bilanoq undan foydalanişni boşlaganman va öşandan beri ikki marta betob böldim. Har ikki holatda ham kasallik boşlanişidan bir neça kun oldin buning xabarini oldim, ammo öşa paytda özimni yomon his qilmayotgan edim”, — deydi Reddit foydalanuvçilaridan biri.

Boşqa bir foydalanuvçi esa grippga qarşi emlangandan söng Vitals tizimi özgarişlarni qayd etganini aytdi. Ertasi kuni ertalab soat uning bilak harorati, yurak urişi tezligi va nafas oliş çastotasida anomaliyalarni aniqlagan.

“Grippga qarşi emlanganimdan söng soatim 100 foiz soğlom emasligimni aniqladi. Rostdan ham özimni yomon his qilayotgandim. Oçiği, bu juda ajablanarli”, — deb izoh berdi Apple Watch egasi.

Vitals ma’lumotlarini Apple Watch soatida yoki iPhone’dagi “Salomatlik” dasturining şu nomdagi bölimida köriş mumkin. Apple kompaniyasi ta’kidlaşiça, Vitals juda köp ma’lumotlarni töplasa-da, u kasalliklarga taşxis qöyişga möljallanmagan.