Jamiyat | 11:15 / 02.12.2016
6131
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp ishlab chiqarishini xorijga ko‘chirayotgan kompaniyalarga tahdid qildi

Foto: © AP

AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp AQSh kompaniyalari xorijda biznes yuritish uchun mamlakatni o‘zlari uchun "hech qanday asoratlarsiz" tark eta olmasliklariga va'da bermoqda. 

"Kompaniyalar AQShni o‘zlari uchun asoratlarsiz tark eta olmaydilar. Bu bo‘lmaydi. Biz bundan juda ko‘p yo‘qotmoqdamiz!" deb aytdi Tramp Indianapolisdagi nutqida. 

"Ular (kompaniyalar) shuni bilishlari kerak-ki, birinchidan, biz ular bilan yaxshi muomalada bo‘lamiz, ikkinchidan esa, agar ular bizneslarini xorijga o‘tkazsalar buning asoratlari bo‘ladi. Jumladan, chegarada katta soliqlar bo‘ladi", deb aytdi Tramp AQShdan tashqarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun solinadigan soliqlarni nazarda tutib.

Uning aytishicha, AQShda ishlab chiqarishni saqlab qolish uchun hukumat soliqni 35 foizdan, ehtimol, 15 foizgacha tushiradi hamda tartibga solish choralarini kamaytiradi. Tramp bu haqda saylovoldi kampaniyasi vaqtida aytgandi.

Tramp Indiana shtatiga 1 dekarbda keldi, bu yerda avvalroq Carrier kompaniyasida konditsionerlar ishlab chiqarilishining shtatda saqlab qolinishi aytilgandi. Tramp buni faol qo‘llab-quvvatlagan.

Shtatda ishlab chiqarishni saqlab qolish amerikaliklar uchun mingdan ko‘proq ish o‘rnini saqlab qoladi. Bundan avval kompaniya ishlab chiqarishini Meksikaga ko‘chirmoqchi bo‘lgandi, biroq Tramp jamoasi, jumladan vitse-prezident Mayk Pens bilan muzokaralardan keyin o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqqan va AQShni tark etmaslikka qaror qilgan. Buning o‘rniga kompaniya yaqin 10 yil uchun 7 mln dollar miqdorida bir qator soliq imtiyozlari oladi.

AQShda ish o‘rinlarini saqlab qolish va ishlab chiqarishning xorijga ko‘chirilishining oldini olish Trampning saylovoldi kampaniyasining bosh mavzularidan biri bo‘lgan. Tramp AQShga ish o‘rinlarini qaytarish uchun Transtinch okean savdo kelishuvidan voz kechmoqchi va AQSh iqtisodiyoti uchun ancha muhimroq bo‘lgan Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvini qayta qo‘rib chiqmoqchi. Biroq Tramp tanqidchilari AQSh rivojlanayotgan davlatlardagi maoshlar bilan raqobat qila olmasligini aytmoqdalar.    
 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid