Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselona aeroportida farroshlarning ish tashlashi ayanchli oqibatlarga olib keldi
Foto: @joytvbarcelona
Barselonaning El-Prat aeroportida farroshlar 5 kun davomida o‘z xizmat vazifalarini bajarmaganlari sababli terminallarda ko‘plab chiqindi uyumlari hosil bo‘ldi.
Bunga aeroportga xizmat ko‘rsatuvchi Valoriza Facilities kompaniyasi ishchilari 28 noyabrdan boshlab ish tashlashlari sabab bo‘lgan. Ular ish tashlash bilan kompaniya ishchilar sonini qisqartirib, ularning vazifalarini ishda olib qolinayotgan xodimlarga maoshlarini oshirmagan holda yuklayotganiga e'tibor qaratishmoqchi bo‘lishgan.
Farroshlar ish tashlashi davomida hojatxonalarda tozalash ishlari olib borilgan, biroq zallar va ofislardan chiqindilar olib chiqilmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holatni aks ettiruvchi minglab suratlar paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
08:12 / 12.05.2026
Osiyoda yangi megaaeroport quriladi
02:34 / 11.05.2026