Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada prezident saylovlarining ikkinchi turi: Favorit «avstriyalik Tramp»
4 dekabr kuni tongida Avstriyada prezidentlikka qayta saylovlar uchun saylov uchastkalari ochildi.
Qayta ovoz berish Avstriya Konstitutsiyaviy sudi shu yil iyul oyida ko‘plab qonun buzilishlari tufayli saylovlarning ikkinchi bosqichi yakunlarini bekor qilganidan so‘ng bo‘lib o‘tmoqda. Keyinchalik parlament qayta ovoz berish o‘tkazilishini ma'qulladi.
Saylovda ikki nomzod qatnashmoqda: «Yashilllar» partiyasining sobiq yetakchisi Aleksander van der Bellan va o‘nglar vakili (Avstriya ozodlik partiyasi) Norbert Xofer.
Avstriyada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi 22 mayda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Adolf Norbert Xofer ustun kelgan.
Ikkinchi turda esa Aleksander van der Bedlen saylovchilarning 50,3, Norbert Xofer esa 49,7 foiz ovozini olgandi.
Ammo Xofer tarafdorlari saylov natijalari yuzasidan norozilik bildirdi. Jumladan, sirtdan ovoz berishning tashkil etilishi jarayoni partiya vakillari shikoyatiga sabab bo‘ldi.
Natijada, Avstriya sudi ikkinchi tur natijasini tan olmadi va 4 dekabrga yangi saylov belgilandi.
OAV yakshanba kungi ovoz berish natijalariga ko‘ra 2 nomzod o‘rtasidagi farq minimal darajada saqlanib qolishini taxmin qilmoqda. Biroq ayrim tahlilchilar qochoqlar masalasida keskin choralar tarafdori, «avstriyalik Tramp» nomini olgan, Gitlerni rahnamo deb bilguvchi o‘ta o‘ng Xoferning qo‘li bu gal baland keladi, deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026