Jamiyat | 07:46 / 04.12.2016
6083
2 daqiqa o‘qiladi

Rimda "gladiatorlar" bilan suratga tushishni taklif qiluvchi animatorlar taqiqlandi

Foto: © AFP

Rim ma'muriyati Kolizey binosi yonida turib va o‘zi bilan birga suratga tushishni taklif qiluvchi gladiatorlarga o‘xshab kiyinib olgan animatorlarni sayyohlarning kissalari tunab ketilishi holatlari ko‘payib ketgani sababli taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda The Local.

Oxirgi vaqtda Rimga keluvchi sayyohlar kartmonlari va qo‘l yuklari yo‘qolib qolayotganidan shikoyat qila boshladilar. Animatorlar "gladiatorlar bilan suratga tushishni" taklif qiladilar va suratga tushish vaqtida hech narsadan bexabar sayyohlarni "ship-shiydon" qilishadi.

Shahar ma'muriyati bunday faoliyatni taqiqlashga farmon qildi. Hujjatda aytilishicha, taqiqlov "jamoatchilik tartibini saqlash" va shaharning "madaniy, badiiy va haykaltaroshlik merosini muhofaza qilish" maqsadida kiritilgan. Qoidabuzarlar 400 yevrolik jarima bilan jazolanadilar.

Shuningdek, Rim rahbariyati rikshalarni ham taqiqlab qo‘ydi, chunki shahar markazida istalgan, jumladan pedal yoki elektrodvigatellar yordamida harakatlantiriluvchi transport vositalari taqiqlangan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid