Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rimda o‘rta asrlarda qurilgan Konti minorasi qulab tushdi
U qulaganida ichkarida to‘rt nafar ishchi bo‘lgan. Ulardan biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, yana ikki nafari yengil tan jarohati olgan. To‘rtinchisi vayronalar ostida qolib ketgan.
Rim markazida shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri - Konti minorasi qisman qulab tushdi, deb yozdi Corriere della Sera.
Hozir minora ta’mirlanmoqda. U qulaganida ichkarida to‘rt nafar ishchi bo‘lgan. Ulardan biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, yana ikki nafari yengil tan jarohati olgan. To‘rtinchisi vayronalar ostida qolib ketgan.
Taxminan ikki soat o‘tgach, qutqaruvchilar vayrona ostidan xodimni olib chiqishga urinayotganda, yana qulash sodir bo‘ldi. Bir nafar o‘t o‘chiruvchi yengil tan jarohati olgan.
Konti minorasi qurilishi IX asrda boshlangan bo‘lib, uzoq vaqt davomida nufuzli Konti oilasining oilaviy qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan. XIII asrda u shu suloladan bo‘lgan papa Innokentiy III buyrug‘i bilan butunlay qayta qurilgan.
XX asrda binoda Rim meriyasi idoralari joylashgan. So‘nggi yillarda u foydalanilmagan va 2026 yilda yakunlanishi kerak bo‘lgan rekonstruksiya jarayonida edi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026