O‘zbekiston | 16:46 / 05.12.2016
43473
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHT missiyasi saylovda kuzatilgan kamchiliklarni sanab o‘tdi

Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlari bo‘yicha o‘z bayonotini taqdim etdi.

YeXHT kuzatish missiyasi saylov rahbariyati o‘z ishlarida oshkoralikni oshirishi va saylovlar kerakli darajada o‘tkazilishi uchun ko‘plab choralarni ko‘rishi zarurligini qayd etdi.

“Kuni kecha bo‘lib o‘tgan saylovga tayyorgarlik yaxshi tashkil etilgan. Shuningdek, texnik xarakterga ega ba'zi o‘zgarishlar kuzatildi. Biroq bu borada hali amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Shu o‘rinda inson erkinliklariga jiddiy cheklovlar qo‘yilgan”, - deydi YeXHT saylov kuzatish missiyasi rahbari Piter Teylor. 

“MSK hamda ommaviy axborot vositalari faol tarzda ishtirok etishdi. Biroq oilaviy saylash holatlarida biroz kamchiliklar kuzatildi. Fikrimizcha, saylovoldi tadbirlari va treninglarni yanada mukammalroq, jonliroq tashkil etsa, bu saylovchilarning nafaqat huquqiy savodxonligini oshiradi, balki kelajakda qonunchilikda zarur o‘zgartirishlar kirita oladigan yaxshi siyosatchilar yetishib chiqadi”, – dedi kommissiya rahbari. 

Shuningdek, YeXHT saylov jarayonida nomzodlar orasida o‘zaro debatlar o‘tkazilmaganini alohida tanqid qildi. Muzokaralar, debatlar nomzodlarning o‘z dasturlarini aholiga yanada tushunarliroq va muqobil yetkazib berishda xizmat qilishini ta'kidladi. To‘rt nomzod ham bir-birining dasturi va uning hukumat siyosatini tanqid qilmagani, bu esa saylov jarayonida katta yetishmovchilikni yuzaga keltirgani alohida qayd etildi.

Mavzuga oid