Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: Havayidagi qor
Havayi orolining eng baland nuqtalari - Mauna-Kei va Mauna-Loada bir necha kun davomida 60 santimetr qor yog‘di. Bu hudud uchun o‘ta noyob hodisa emas, ammo shtatda so‘nggi bir necha yil ichida umuman qor yog‘magan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu safargi qor ancha ko‘p bo‘lgan.
Shtatning boshqa tumanlarida esa bir necha kun davomida kuchli jala kuzatildi.
Mahalliy aholi vakillari va sayyohlar bundan samarali foydalanishdi – ular tomonidan olingan juda ham ko‘plab fotosuratlar internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan.
Shtatda kuzatilgan qor sportning ekstremal turlariga qiziquvchi kishilarga ham o‘zgacha ilhom bag‘ishladi – ular snoubording bilan shug‘ullanishni boshlab yuborishdi.
Mavzuga oid
17:52 / 07.02.2026
Tog‘larga ko‘p qor yog‘di: bu yil barakali, ammo xavfli mavsum bo‘ladi
22:38 / 31.01.2026
Qashqadaryoda qalin qor sababli 600 kishi tashqi dunyodan uzildi
11:35 / 29.01.2026
Qamchiq dovonida bir nechta avtomobil xandaqqa tushib ketdi
09:31 / 27.01.2026