Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik 96 yoshli ayol, katta, katta...katta, kattaona bo‘ldi
Kanadaning 96 yoshli fuqarosi Vera Zommerfeld uning oilasida beshinchi avlod vakilasi paydo bo‘lgani sababli katta, katta, katta, kattaona bo‘ldi. Yangi qizaloqqa BBC telekanalining xabariga ko‘ra, qizaloqqa Keyli deb ism qo‘yishgan.
Xabar qilinishicha, Keylining onasi 20 yoshda, buvisi 39, kattabuvisi 59, katta-kattabuvisi 75 yoshda.
«Men bu chaqaloqning tug‘ilishini juda kutdim. U mening beshinchi avlodim bo‘ldi», — degan Zommerfeld.
Chaqaloqning onasining aytishicha, unga yordam beruvchilar borasida muammosi yo‘q. Oila a'zolari esa har oyda bir marta to‘planib turishadi.