Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamda suv toshqini sababli 13 kishi halok bo‘ldi
Foto: 1news.az
Vetnamda kuchli yomg‘irlar sababli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, toshqin oqibatida 10 mingga yaqin uy suvga g‘arq bo‘lgan.
6 kishi 1 dekabrda Bin Din viloyatida, yana 4 kishi Kuangngay viloyatida toshqin oqibatida halok bo‘lganlar. 4 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 3 bola Kuang Nam viloyatida halok bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, yaqin orada mamlakatda yanada kuchliroq yomg‘irlar kutilmoqda.
Vetnam tropik bo‘ron va to‘fonlardan muntazam aziyat chekib keladi. Noyabr boshida bu mamlakatga yopirilgan tabiiy ofat oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani va 6 kishi beradak yo‘qolgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
00:11 / 17.08.2025
Hindiston va Pokistondagi suv toshqinlari oqibatida 200dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi
00:44 / 15.08.2025
Hindistonda suv toshqinlari oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
15:00 / 29.07.2025
Pekinda suv toshqinlari oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
14:00 / 08.07.2025