Doğiston poytaxti Mahaçqal’a şahrida kuçli yomğirlardan keyin yuzaga kelgan suv toşqinlari natijasida uç qavatli turar joy binosining poydevori yuvilib ketdi va bino qulab tuşdi.
Mahaçqal’a şahri ma’muriyati Ayvazovskiy köçasidagi «qulaş xavfi saqlanib qolayotgan» törtta köp qavatli uy örab olingani haqida xabar bergan. Uşbu uylarda yaşovçi 300 dan ortiq kişi xavfsiz joylarga köçirilgan.
«Aholining bir qismi vaqtinçalik joylaştiriş punktlariga joylaştiriladi, u yerda ularga zarur yordam va kömak körsatiladi, qolganlari esa qarindoşlarinikiga vaqtinça joylaştiriladi», – deyiladi xabarda.
«Interfaks» agentligi şahar ma’muriyati matbuot xizmatiga tayanib, aniqlik kiritişiça, Ayvazovskiy köçasidagi turar joy binolaridan biriga tutaştirib qurilgan qöşimça bino qulab tuşgan. «Kuçli yomğir yoğişi tufayli suv bosişi oqibatida Maxaçqal’aning Ayvazovskiy köçasidagi köp qavatli uylardan biriga tutaş qurilma qulab tuşgan. Heç kim jabrlanmagan. Ayvazovskiy köçasidagi bir neçta köp qavatli uylar aholisi evakuatsiya qilinmoqda, ular ham suv bosiş zonasida», – degan agentlik suhbatdoşi.
Şimoliy Kavkazda mart oyi oxirida kuçli yomğirlar tufayli suv toşqinlari boşlangan va hamon davom etmoqda. Eng köp zarar körgan hudud Doğiston bölib, u yerda ön minglab kişilar elektr ta’minotisiz qolgan, avtomobil yöllarida harakat töxtatilgan, temiryöllar şikastlangan. Mahaçqal’ada köplab köçalarni suv bosgan. Çeçenistonda ham kuçli yomğirlar va ular keltirib çiqargan köçkilar 17 ta köprikka zarar yetkazgan, önlab uylar vayron bölgan.












