Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Zenit» o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, piterliklar «Nasaf» klubi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyevga qiziqish bildirmoqda.
Yaqinda o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida to‘p surgan futbolchi «Zenit» skautlari e'tiboriga tushgan. Ayni vaqtda futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Aziz G‘aniyev «Nasaf»ning joriy mavsumdagi Oliy Liga o‘yinlarida 17 bor ko‘rinish bergan. Shulardan 11 tasida uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan.
Ma'lumot uchun, Rossiya Premer-Ligasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 3 a'zosi to‘p suradi: Odil Ahmedov («Krasnodar»), Vitaliy Denisov («Lokomotiv»), Vadim Afonin («Orenburg»).
Mavzuga oid
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
16:31 / 20.11.2025
Superligada chempionlik poygasi. So‘nggi turlar oldidan qanday intrigalar bor?
21:09 / 03.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida to‘rtinchi o‘yinni ham yutqazdi
17:57 / 31.10.2025