Jamiyat | 11:12 / 06.12.2016
19710
2 daqiqa o‘qiladi

2016 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari

Shu haftada Stokgolm va Oslo shaharlarida shvetsiyalik kimyogar, ixtirochi Alfred Nobel nomli xalqaro mukofotning 2016 yilgi yilgi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Nobel mukofoti sovrindorlari nomi oktabr oyida e'lon qilingan edi. 

Fiziologiya yoki tibbiyot sohasida 2016 yilgi Nobel mukofoti Tokio texnologiya institutining yaponiyalik professori Yosinori Osumiga autofagiya mexanizmini kashf qilgani uchun taqdim etiladi. 

Fizika bo‘yicha sovrin topologik fazali o‘tkazish va materiyaning topologik bosqichlari nazariyasini kashf qilgan uch nafar tadqiqotchi — Devid Tauless,  (Vashington shtatining Sietldagi universiteti, AQSh), Dunkan Xoldeyn (Prinston universiteti, AQSh) va Maykl Kosterlits (Braun universiteti, AQSh)ga beriladi.

Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha mukofot molekulyar mashinani ishlab chiqib, unda sintezni amalga oshirgan professorlar Jan-Per Savaj (Fransiya Strasburg universiteti), Freyzer Stoddart (Evanston shimoli-g‘arbiy universiteti, AQSh) va Bernard Feringga (Groningen universiteti, Niderlandiya) taqdim etiladi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga amerikalik taniqli shoir, ijrochi va kompozitor Bob Dilan munosib ko‘rildi.

Bu yilgi Tinchlik Nobel sovrini Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga 50 yildan ortiq davom etgan fuqarolik urushiga barham berish yo‘lida amalga oshirgan sa'y-harakatlari uchun beriladi. 

Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot shartnomalar nazariyasini rivojlantirgan 68 yoshli Oliver Xart (Harvard universiteti, AQSh) va 67 yoshli Bengt Xolmstryomga (Massachusets texnologiya instituti, AQSh) topshiriladi.

 

Mavzuga oid