Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Financial Times: Si Tszinpin Butunjahon iqtisodiy forumida ishtirok etadi
XXR raisi Si Tszinpin 17-20 dekabr kunlari Shveytsariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tajak Butunjahon iqtisodiy forumida ishtirok etishni rejalashtirayapti. Bu haqda o‘z manbalariga asoslangan holda Financial Times nashri yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Shveytsariyada Si Tszinpinning tashrifiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Uning iqtisodiy forumda ishtirok etishi Xitoyning jahon maydonida yetakchiligiga dalolat qiladi. Ushbu forumda dunyo davlat arboblari, iqtisodiy soha vakillari qatnashadi, deb yozadi nashr.
AQSh prezidentligi uchun saylovda kutilmaganda Donald Trampning g‘alaba qozonishi, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi munosabati bilan Pekin ma'muriyati erkin hamkorlik takliflarini ilgari surdi.
Biroq, XXR tashqi ishlar vaziri Van I Si Tszinpinning Davos iqtisodiy forumida ishtirok etishiga oid xabarlarni izohlamagan.
Mavzuga oid
17:48 / 24.11.2025
Yaponiya Tayvan bo‘yicha bayonotlari bilan «qizil chiziqdan o‘tdi» – Xitoy
17:57 / 21.11.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
19:33 / 17.11.2025
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistonga tashrif buyuradi
08:03 / 03.07.2025