Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jyeenbek Kulubayev, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinning taklifiga binoan Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 19-22 noyabr kunlari ushbu uch davlatga tashrif buyurib, tashqi ishlar vazirlari bilan strategik muloqotlar o‘tkazadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy raisi Si Jinping uch davlat yetakchilari bilan erishgan umumiy kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida tashqi ishlar vaziri Van I ushbu mamlakatlarga tashrif buyurib, hamkasblari bilan strategik muloqot o‘tkazadi. Vazirlar ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Xitoy tomoni fikricha, tashrif «Xitoy - Markaziy Osiyo» ikkinchi sammiti yakunlari va Xitoy raisi Si Jinping va Toshkent, Bishkek, Dushanbe o‘rtasidagi umumiy kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi, siyosiy o‘zaro ishonch va an’anaviy do‘stlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi, «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi yuqori darajadagi hamkorlikni chuqurlashtiradi, shuningdek, «Xitoy - Markaziy Osiyo» hamjamiyatini barpo etishga ko‘proq ijobiy hissa qo‘shadi.











