Jahon | 18:21 / 06.12.2016
3811
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik tadbirkorlar Kemeron va Si Tszinpin uchrashgan pabni xarid qilishdi

Britaniya bosh vazirlari qarorgohidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan Plough at Cadsden pabi xitoylik sarmoyadorlarga sotildi. Bu haqda The Guardian nashri o‘z manbalariga asoslangan holda yozmoqda

Pabning Xitoyda mashhurlashib ketishiga, XXR rahbari Si Tszinpinning Britaniyaga uyushtirgan tashrifi sabab bo‘lgan. O‘shanda Xitoy raisi Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan ushbu pabda Britaniya-Xitoy munosabatlarining «oltin davri» boshlanishini nishonlagan edi. 

«Pab xitoylik sayyohlar uchun o‘ziga xos e'tiborga molik inshootga aylandi. Chunki, ular o‘zlarining davlat rahbari tanovul qilgan Britaniya milliy taomi va ichimligini tatib ko‘rishni xohlashadi», — degan shartnomada Britaniya tomoni manfaatlarini himoya qilgan Christie&Co kompaniyasi direktori Nil Morgan. 

Nashrning yozishicha, pab xo‘jayini Stiv Xollingsning ta'kidlashicha, XXR raisi unga elektron maktub yo‘llab, taom va ichimliklar uchun minnatdorlik izhor qilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid