Rossiya qöşinlarining Xarkiv yaqinida oldinga siljişi Rossiya Ukrainaga qarşi uruşi rivojidagi «öta xavfli» lahzadir. Bunday fikrni Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron 12 may, yakşanba kuni Sky News telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

«Bu faqat RFning mustaqil, suveren davlatga asossiz, noqonuniy hujumi ekanligini ta’kidlaydi», dedi Britaniya diplomatiyasi rahbari boşlovçining tegişli kiriş sözini izohlar ekan.

«Biz ukrainaliklarga yordam beriş uçun qölimizdan kelganini qilişimiz kerak», deb davom etdi Kemeron. Şu bilan birga, u London uçun Ukrainaga har yili 3 milliard funt sterling (taxminan 3,47 milliard yevro) ajratişni nazarda tutuvçi yordam paketini kelişib oliş qançalik muhimligini ta’kidladi. Britaniya taşqi işlar vaziri boşqa davlatlarni ham bundan örnak olişga çaqirdi. 

U şuningdek, Britaniya «amerikaliklarni yordam paketi bilan oldinga siljişga undaş» uçun juda köp işlarni amalga oşirganini eslatdi. «Bunçalik uzoqqa çözilgani açinarli, ammo bu özgarişlar beradi», dedi Devid Kemeron. 

Britaniyaning Ukrainaga yordami 

3 may kuni Reuters agentligi Devid Kemeronning Britaniya Kiyevga har yili uç milliard funt sterling harbiy yordam körsatişi haqidagi bayonoti aks etgan videoni çop etdi. 

Şu bilan birga, Kemeron ukrainaliklarning özlari ularga berilgan qurollardan qanday foydalanişni hal qiliş huquqiga ega ekanligini, agar ular Rossiya hududidagi nişonlarga zarba beriş uçun foydalanilsa, London bunga qarşi çiqmasligini aniq ta’kidladi.

Rossiyaning Xarkiv yaqinida olğa siljişi 

Rossiya Mudofaa vazirligi 12 may kuni Rossiya Qurolli kuçlari Xarkiv viloyatidagi yana törtta aholi punkti, xususan: Gatişçe, Krasnoye, Moroxovets va Oleynikovoni qölga kiritganini ma’lum qildi. Harbiy vazirlik ma’lumotlariga köra, Rossiya armiyasi Ukrainaning Volçansk, Degtyarniy va Lopan yaqinidagi pozitsiyalariga zarbalar bergan.