Jamiyat | 21:47 / 06.12.2016
7797
2 daqiqa o‘qiladi

Qizining operatsiyasi uchun internetda pul yiqqan ota firibgarlikda ayblandi

Kataloniya prokuratura va politsiyasi ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali kam uchraydigan kasallikka chalingan qizi uchun 150 ming yevro yiqqan kishiga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning shubhalanishicha, gap firibgarlik haqida ketmoqda.

Fernando Blanko bir necha yil davomida AQShda qizi Nadi Nereaning davolanishi uchun pul yig‘ish ishini olib bormoqda.  11 yashar qiz kam uchraydigan kasallik - trixotiodistrofiyey (TTD) bilan og‘rigan. TTD ning xususiyatlari yorug‘likka ta'sirchanlik, ixtioz, soch va tirnoqlarning mo‘rtligi, intellektual buzili, past bo‘yda ko‘rinadi.

Pul yig‘ish uchun bo‘lgan so‘nggi aksiya bir necha hafta oldin boshlangan, o‘shanda  El Mundo gazetasi qizcha haqida maqola chiqargan edi. Shundan so‘ng mamlakatning yetakchi nashrlari bu mavzuni ilgari surishdi, mashhur shaxslari qo‘llab-quvvatlashdi. Natijada to‘rt kun ichida 150 ming yevro yig‘ildi.

Qizchada o‘tkazilishi mo‘ljallangan operatsiya borasida El País nashri tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot xammasini shubhaga qo‘ydi.

Otaning tasdiqlashicha, pullarning barchasi Xyustonda o‘tadigan operatsiyaga ketadi. 
Sud otani hibsga olishni, shuningdek, qizining davolanishiga taalluqli hujjatlarni taqdim etishga hukm chiqargan.

 

Mavzuga oid