Milliy statistika qömitasi qayd etişiça, 2025 yilda davolaniş uçun Özbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 86 199 nafarni taşkil etgan. Mamlakatlar kesimida eng yuqori körsatkiç qöşni davlatlar hissasiga töğri kelmoqda: Tojikiston, Qirğiz Respublikasi va Qozoğistondan kelganlar umumiy oqimning 96,3 foizini (83 000 nafar) taşkil etgan.

Eng köp kelganlar quyidagiça:

  • Tojikiston — 59 145 nafar (68,6 foiz);
  • Qirğiziston — 15 631 nafar (18,1 foiz);
  • Qozoğiston — 8 224 nafar (9,5 foiz);
  • Rossiya — 1 899 nafar (2,2 foiz);
  • Afğoniston — 914 nafar (1,1 foiz);
  • Turkmaniston — 224 nafar (0,26 foiz);
  • Turkiya — 47 nafar;
  • AQŞ — 16 nafar;
  • Xitoy — 15 nafar;
  • Ozarboyjon — 11 nafar;
  • boşqa davlatlar — 73 nafar.

Ma’lumotlarga köra, davolaniş maqsadida keluvçilar oqimida qöşni mamlakatlar ustunligi saqlanib qolmoqda. Bu, öz navbatida, hududiy yaqinlik, qatnov imkoniyatlari hamda xizmatlardan foydalaniş qulayligi kabi omillar bilan izohlanadi.