Apple yilning eng ko‘p yuklangan ilovalari nomini e'lon qildi
Amerikaning Apple kompaniyasi 2016 yilning eng ko‘p yuklangan bepul ilovalari ro‘yxatini e'lon qildi. Mashable shu haqida ma'lumot berdi.
Ro‘yxatdagi birinchi o‘rinni Snapchat messenjeri egallagan. O‘tgan yilgi reytingda u beshinchi o‘rinda qayd etilgan edi. O‘shanda ilovalar orasida Trivia Crack yetakchilik qilgandi, 2016 yilning top-10 ro‘yxatida esa uning nomi umuman yo‘q.
Ikkinchi pog‘ona Facebook ilovasi bo‘lgan Messenger'ga nasib etdi. Uchinchi o‘rinda esa - Pokémon Go o‘yini.
Uchlikdan keyingi o‘rinlarda tartibga ko‘ra, Instagram, Facebook, YouTube, Google Maps va Pandora ilovalari qayd etilgan. O‘nlikni Netflix va Spotify Music tugallaydi.
Pulli ilovalar ro‘yxatida esa Heads Up! yetakchilik qilmoqda. Bu ilova o‘tgan yili ham mazkur reytingda birinchi bo‘lgan edi.