BMT: Liviya IShID muammosini iqtisodiy inqiroz evaziga hal qildi
Liviyaning moliyaviy imkoniyatlari uch yil ichida ikki martaga qisqargan. Shu bilan mamlakatga iqtisodiy inqiroz tahdid solmoqda. So‘nggi oylarda neft qazib olish o‘sganiga qaramay, Liviya ushbu muammoga duch kelishi mumkin. Bu haqda BMT bosh kotibining ushbu mamlakatdagi maxsus vakili Martin Kobler Xavfsizlik kengashidagi chiqishida so‘z yuritgan.
U Liviyadagi jarayonni bir-biriga zid holda tasvirladi. U hukumat armiyasining IShID jangarilariga qarshi kurashda muvaffaqiyatini ta'kidlash barobarida, Liviya iqtisodiyotida jiddiy muammolar mavjudligini, milliy sulh jarayoniga oid masalalarni qayd etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Liviyada "avgust oyidan boshlab neft qazib olish hajmi qariyb 3 martaga oshgan va kuniga deyarli 600 ming barrelni tashkil etgan", ammo, shunga qaramay, mamlakat byudjyetidagi kamomad YaIMning 70 foizini tashkil etmoqda.
"Agar hech narsa o‘zgarmasa, mamlakat iqtisodiy tanazzulga yuz tutadi", - deya ogohlantirgan Martin Kobler. Bu kabi vaziyat, Koblerning fikricha, Liviyada hukm surayotgan korrupsiya va qonunga bo‘ysunmaslik holatlari tufayli vujudga kelgan. Buning oqibatida "milliardlab dollar mablag‘ yashirin hisoblarga o‘tkazilmoqda".
Shu bilan birga, maxsus vakil muvaqqat hukumat va Liviya Markaziy banki o‘rtasida yetarli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmaganini ta'kidlagan.
BMT maxsus vakili o‘z chiqishi davomida Liviya qarshisida turgan muammolarni hal etish bo‘yicha 6 banddan iborat rejani ilgari surgan. Uning aytishicha, mamlakatga "aspirin emas, antibiotiklar zarur".
Birinchidan, milliy birlik hukumati va uni tan olmagan parlament vakillar palatasi o‘rtasidagi kelishmovchilikka barham berish zarur.
Shundan so‘ng, qurollangan guruhlar, terrorizm tahdidi kabi muammolarga barham berilishi, iqtisodiyotni tiklash va inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash zarur. Va nihoyat, xavfsizlik nuqtainazaridan Tunisga ko‘chirilgan BMT missiyasini yana Liviya poytaxti Tripoliga qaytarish lozim.
Mavzuga oid
13:38
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
09:27 / 09.12.2024