Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston 280dan ortiq vertolyotning parvozini taqiqladi
Hindiston mudofaa vazirligi Cheetah va Chetak rusumli 280dan ortiq vertolyotning parvozini butunlay to‘xtatdi. Hindustan Aeronautics Limited milliy kompaniyasi ularning har birini xavfsizlik jihatidan qayta o‘rganib xulosasini bermaguncha, ushbu turdagi vertolyotlar ucha olmaydi. Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu uchar texnikalarning tez-tez halokatga uchrab turishi, shunday qaror qabul qilishga sabab bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, "kompleks tekshiruvlarni o‘tkazishga, xususan, 30 noyabrda Cheetah vertolyotining G‘arbiy Bengaliyada qulab tushishi oqibatida 3 kishining hayotdan ko‘z yumgani sabab bo‘lgan".
Umuman, 50 yillar muqaddam ishlab chiqilgan vertolyotlar bilan 2012-2016 yillarda yuz bergan 7ta yirik fojiada jami 12 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Hindiston QK yengil vertolyotlari parkidagi Cheetah va Chetak yaqin-yaqingacha HAL tomonidan Fransiyaning hozirda mavjud bo‘lmagan ikki firmasi Aerospatiale va Sud Aviation tomonidan berilgan litseziya asosida ishlab chiqilgan. 1960 yillar o‘rtalaridan beri jami 625 dona vertolyot ishlab chiqarilgan. Garchi ularni ishlab chiqish to‘xtatilgan bo‘lsa-da, "HAL mavjudlarining texnik holati uchun mas'uldir".